Bugun 27.04.2024, 18:53Salom Гость | RSS
...
Bosh Sahifa
Bo'limlar
Referatlar [8]
O'zbekiston tarixi [4]
Testlar [2]
O'quv qo'llanmalar [0]
Mashxur shaxslar [3]
BA Markazlari [1]
Dastur va O'yinlar [0]
Kitoblar [0]
Jahon mamlakatlari [4]
PC Soft [1]
Video Darslik [3]
Aloqa
Statistika
Яндекс цитирования Рейтинг@Mail.ru
Hozir Saytda: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchi: 0
Reklama

Bosh Sahifa


» » Referatlar

Terrorizmning Yomon Oqibatlari


·
Terrorizm  (lotincha terror – qo’rquv,dahshat) – yuksak ma’naviy tamoyillarga zid ravishda yovuz maqsadlar yo’lida kuch ishlatib, odamlarni garovga olish, o’ldirish, ijtimoiy ob’ektlarni portlatish,xalqni qo’rquv va vahimaga solishga asoslangan zo’ravonlik usulini anglatuvchi tushuncha.

Qo’rqitish va dahshatga solish orqali o’z hukmini o’tkazishga urinish terrorizmga xosdir.U siyosiy, iqtisodiy, diniy, g’oyaviy,irqiy, milliy,guruhiy va individual shakllarda namoyon bo’lishi mumkin.Ta’qib,zo’ravonlik,qo’poruvchilik va qotillik terrorizmning har qanday ko’rinishi uchun umumiy xususiyat bo’lib, bularning barchasi insonparvarlik g’oyalari, demokratiya, adolat tamoyillariga ziddir. Shuning uchun terrorizm qanday niqob ostida amalgam oshirilmasin, mohiyatan, insoniyatga, taraqqiyotga, ezgulikka qarshi jinoyatdir.

Terrorizmga hozirgi kunda aniq,hamma uchun tushunarli va mukammal ta’rif berish oson emas. Chunki u o’ta murakkab fenomendir.Bundan tashqari, terrorchi kuchlarga bo’lgan turlicha munosabat unga aniq ta’rif berishni ham qiyinlashtirmoqda. Terror usullaridan konservativ, inqilobiy,diniy, millatchi ruhidagi kuchlar ham foydalanishi mumkin, lekin ularning asosiy mohiyati va maqsad-muddaolari siyosiy tusga egadir.

Terrorizmning umumiy jihatlari va asosiy ko’rinishlarini o’rganishda, avvalambor, uning ta’rifini, nisbiy bo’lsa ham, aniqlashtirib olish kerak.Terrorizm muayyan guruhning ruxsat etilmagan holatda ongli ravishda kuch ishlatishidir. Bunda terrorchilar aniq maqsadni ko’zlaydi va o’zini to’la haq deb biladi.Bundan shu narsa aniq bo’ladiki,terrorchilardagi mavjud kuch maqsadni amalga oshirishda ijtimoiy – siyosiy muhit bilan bevosita aloqadorlikda bo’ladi.Shuning uchun biron-bir sababga asoslangan yovuz maqsad terrorizmga olib boradi.Terrorizm ko’p holatlarda keng miqyosdagi harbiy kuchlar bilan aloqador boladi va bunday misollar tarixda bir necha bor kuzatilgan.

"Terrorizm” tushunchasi hamisha terroristik harakatning tez sur’atda amalgam oshirilishini bildiradi.Bunday hodisa siyosiy, etnik, diniy va boshqa ko’rinishlarda namoyon bo’ladi.Bugungi kunda yadroviy,biologik, bakteriologik qurollarning terrorchilar qo’liga tushib qolishi ehtimoli eng katta xavfdir.Hozirgi tahlikali zamonda kishilar boshiga mislsiz kulfat solayotgan va ularning hayoti,farzandlari, mol-mulki tahdid qilayotgan jinoiy terrorizm kundan-kunga kuchayib  bormoqda va jahon hamjamiyatida  jiddiy xavotir uyg’otmoqda.

Keyingi yillarda hatto ommaviy axborot sohasida ham terrorizm elementlaridan foydalanilmoqda.Muayyan mafkuraviy poligonlar tarqatayotgan axborotlardagi yovuz va zararli g’oyalar oqimi, teleekranlar orqali uzluksiz namoyish etilayotgan jangari filmlar, bolalarga mo’ljallangan, buzg’unchi g’oyalar asosida yaratilgan o’yinlar, kompyuter tarmoqlari dasturlarini ishdan chiqaradigan viruslar tarqatish shular jumlasidandir.Bugungi kunda ham mustaqil rivojlanish yo’lidan borayotgan mamlakatimizga nisbatan g’araz niyat bilan qarovchi yovuz kuchlar terrorizm yo’li bilan taraqqiyot yo’limizdan chalg’itishga, bizni yana qaramlik va asoratga solishga urinmoqda.Ular vatanfurush xoinlardan ham, terrorizmni kasb qilib olgan, buyurtma bo’yicha qo’poruvchilik va bosqinchilik bilan shug’ullanadigan yollanma xalqaro terrorchi, jinoyatchi guruhlardan ham foydalanmoqda.Bugun jahon hamjamiyati bu balo -qazolarning yechimini topish ustida bosh qotirmoqda. Terrorizmga qarshi kurash hozirgi kunda muhim vazifa, tinchlik va barqarorlikni saqlash omiliga aylandi.
Bo'lim: Referatlar | Joyladi: Mc_Hack | : Terror
Ko'rildi: 2673 | Yuklandi: 0 | Reyting: 0.0/0
Hamma Izohlar: 0
Ro'yhatdan O'tganlar Izoh Qoldira Oladi
[ Регистрация | Вход ]
Izlash
Mini-Chat
300
Kirish
Reklama
Ovoz Bering
Qaysi Tilga Qizaqasiz
Foydali Saytlar