Bugun 12.05.2024, 01:51Salom Гость | RSS
...
Bosh Sahifa
Bo'limlar
Referatlar [8]
O'zbekiston tarixi [4]
Testlar [2]
O'quv qo'llanmalar [0]
Mashxur shaxslar [3]
BA Markazlari [1]
Dastur va O'yinlar [0]
Kitoblar [0]
Jahon mamlakatlari [4]
PC Soft [1]
Video Darslik [3]
Aloqa
Statistika
Яндекс цитирования Рейтинг@Mail.ru
Hozir Saytda: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchi: 0
Reklama

Bosh Sahifa


» » Referatlar

Orol Dengizi


·
OROL DENGIZI


  Orol dengizi – O‘rta Osiyoning shimoli-g‘arbida joylashgan berk suv havzasi, eng katta sho‘r ko‘l. Dengiz o‘rta asrlarda yigirmadan ortiq nom bilan atalib kelgan. Orol dengizi sohilida yashovchi o‘zbek, qoraqalpoq va boshqa turkiy xalq va elatlar uni Shimoliy dengiz, Sho‘r dengiz, Jayhun dengizi, Jand ko‘li, Xorazm dengizi, Qora dengiz, Orol dengizi va hokazo nomlar bilan ataganlar. Lekin eng keyingisi – Orol nomi g‘olib bo‘ldi. Bu nom Amudaryo deltasida daryo tarmog‘i bilan dengiz orolig‘idagi orolsimon joy nomidan kelib chiqqan deyiladi. O‘rta asr arab sayyohlari asarlarida ham Orol dengiziga doir ma’lumotlar uchraydi. Arab sayyohi va geografi Istaxriy 10-asrda Orolni «Xorazm ko‘li» deb atagan va Sirdaryoning shu dengizga quyilishini yozib qoldirgan. Orol dengiziga 1960-yillar o‘rtalarigacha O‘rta Osiyodagi ikkita eng katta daryo - Amudaryo va Sirdaryo suvi quyilgan. Keyinroq bu daryolarning suvi keskin kamaygan. Dengizdan bironta ham daryo oqib chiqmaydi, boshqa suv havzalari bilan ham tutash emas. Shu sababdan Orol berk havza deyiladi. 1970-yillar o‘rtalarida Orol dengizining maydoni 57 ming kvadrat kilometr, qirg‘oq chizig‘ining uzunligi 4500 kilometr bo‘lgan. Kattaligi jihatidan dunyoda Kaspiy dengizi, Amerika¬dagi Yuqori ko‘l va Afrikadagi Viktoriya ko‘lidan keyin to‘rtinchi o‘rinda turgan. Orol dengizining hajmi o‘rtacha 1000 kub kilometr bo‘lgan. Orolning hozirgi sathi ikki martadan ortiq kamayib, 26,5 ming kvadrat kilometr bo‘lib qoldi. Dengiz qadimgi geologik davrda ham goh suvi ko‘payib, goh sathi pasayib turganligi ma’lum, lekin hozirgidek hech qachon suvi kamaygan emas. Orol dengizi yuqori pliotsen deb ataladigan geologik davrda Yer po‘stining egilgan yeridagi botiqda hosil bo‘lgan. Dengizning tubi tekis. Ma’muriy jihatdan dengizning janubi-g‘arbi O‘zbekiston (Qoraqalpog‘iston) respublikasi, shimoliy-sharqiy qismi Qozog‘iston Respublikasi hududida. Dengizning sharqiy qirg‘oqlari past, g‘arbiy qirg‘og‘i Ustyurt chinki (jarlik)dan iborat. 

Orol dengizida ilgarilari 300 dan ortiq orol bor edi, endilikda ularning ko‘plari quruqlikka qo‘shilib ketdi. 1970-yillarga qadar dengizga Amudaryo salkam 39 kub kilometr. Sirdaryo esa 14,5 kub kilometr suv olib borgan. Dengiz akvatoriyasiga yiliga 82 millimetr yog‘in yog‘adi. Dengiz cho‘l zonasida joylashganidan sathidan suvning bug‘lani¬shi ham kuchli. Orol dengizi sathi keskin kamaya borib, salkam 40 ming kvadrat kilometr joy quruqlikka aylandi. U «Orolqum» deb atala boshlandi.

 Orolqumdan shamolda chang-to‘zon ko‘tarilib, atrof muhitga zarar keltira boshladi. Dengizning sho‘rligi ham tobora ortib bor¬moq¬da. Bularning hammasi xalqaro muammoga aylandi. Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi tashkil etilgan. Bu jamg‘armani 1997–99-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov boshqardi. Orol muam¬mosi yechimini topish maqsadida O‘rta Osiyo respublikalari prezidentlari bir necha marta uchrashuvlar o‘tkazdilar. 1999-yilga kelib Orolning chekinishi to‘xtatildi. Endigi vazifa dengiz suvini butun choralar bilan ko‘paytirish. Orolqumda tuz va qum ko‘chishini to‘xtatishdan iborat.

Orol haqida ko'p gapirilgan, qanchadan qancha izlanishlar olib borilgan va bu muammoga turli xil muqobil yechimlar taklif qilingan. Bu atrof-muhit sog'lomligi inqirozning asosiy sabablari sifatida sobiq sho'rolar davrida "paxtachilik" uchun haddan tashqari suv zaxirasini ishlatib kelajak haqida umuman qayg'urilmaganligi aytiladi. Sobiq sho'rolar hukumati bizning mamlakatlarni xom ashyo manba'si sifatida suistimol qilganliklari achiq haqiqat. 

Necha yillardan beri va bugungi kunda kelib ham bu mintaqada qirg'oqchilik, iste'molga yaraydigan suv tanqisligi, turli xil kasalliklar mavjudligi kuzatilayapti. Yerning tuzlanishi, qurg'oqchilik Qoraqalpoq, Xorazm, Buxoro tomonlarga qarab kengayib borayapti. 

Quyida Orol dengizining NASA tomonidan 2009 yilda olingan Orolning rasmi keltirilgan. 
Bu rasmni ko'rib ich ichidan achinib ketadi kishi. 
Bunday muhim masalaga qanday yechim topsa bo'ladi? To'g'ri balki bizning bu yerda birdirgan fikrlarimiz biror bir ahamiyatni kasb etmasligi, masalaning yechilish borasida biror bir foydasi bo'lmasligi mumkin. Lekin kamida bu haqda qayg'urishimiz ham, befarq bo'lmasligimiz ham biror kun o'z natijasini berar?!


Orol Dengizi Suratlari












Bo'lim: Referatlar | Joyladi: Mc_Hack | : orol
Ko'rildi: 3415 | Yuklandi: 0 | Izoh: 43 | Reyting: 0.0/0
Hamma Izohlar: 0
Ro'yhatdan O'tganlar Izoh Qoldira Oladi
[ Регистрация | Вход ]
Izlash
Mini-Chat
300
Kirish
Reklama
Ovoz Bering
Sayt Dizayni Yoqdimi
Foydali Saytlar