Bugun 10.05.2024, 12:07Salom Гость | RSS
...
Bosh Sahifa
Bo'limlar
Referatlar [8]
O'zbekiston tarixi [4]
Testlar [2]
O'quv qo'llanmalar [0]
Mashxur shaxslar [3]
BA Markazlari [1]
Dastur va O'yinlar [0]
Kitoblar [0]
Jahon mamlakatlari [4]
PC Soft [1]
Video Darslik [3]
Aloqa
Statistika
Яндекс цитирования Рейтинг@Mail.ru
Hozir Saytda: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchi: 0
Reklama

Bosh Sahifa


» » O'zbekiston tarixi

Surxondaryo-Termiz


·
Shahar Amudaryoning o‘ng sohilida joylashgan. Daryoning chap sohilidagi Afg‘oniston yerlari shunday ko‘rinib turadi. Bu yerda O‘zbekiston Respublikasining mustaqil chegara qo‘shinlari mamlakatning janubiy sarhadlarini mustahkam qo‘riqlab kelmoqdalar.

Mamlakatimizning yagona xalqaro daryo porti Termizdadir. Termiz respublikamizda eng issiq shahar hisoblanadi – yoz kunlari harorat 500 ga yetadi. Yiliga bir necha marta kuchli «Afg‘on shamoli» esadi.

Arxeologik topilmalar, arab va yunon manbalarida qayd etilgan ma’lumotlar Termizning qadimiy ekanini tasdiqlaydi. Miloddan avvalgi 4–3-asrlarda Eski Termizning qadimgi qal’asi o‘rnida aholi manzili bo‘lgan. Taxmin qilinishicha, shahar nomi «Taramastha» (baqtrcha - «narigi sohildagi manzil») so‘zidan olingan bo‘lib, asrlar davomida turlicha atalib kelgan. 10-asrdan Termiz deb atala boshlagan.

Arablar istilosiga qadar Termizda buddizm diniga e’tiqod etilgan. Shaharni «termizshoh» unvonli hukmdorlar idora qilgan. Arablar bosib olgan davrda (689–704) Termiz 70 gektarga yaqin maydonni egallagan to‘rtburchak shaklidagi qal’adan iborat bo‘lgan.

Termiz vaqt-vaqti bilan g‘aznaviylar, qoraxoniylar, qoraxitoylar, saljuqiylar, xorazmshohlar davlatlari tarkibida bo‘lgan. 1220-yili mo‘g‘ullar hujumi natijasida vayron qilingan. Manbalarda ta’kidlanishicha, Termiz aholisi mo‘g‘ullarga qattiq qarshilik ko‘rsatgan, shuning uchun mazkur shaharni «Mardlar shahri» («Madinat ur-rijol») deb ham atashgan.

1407-yili Amir Temurning nevarasi Xalil Sulton (1384–1411) Termiz shahrini qayta qurdirgan. 18-asrning ikkinchi yarmida Termiz o‘zaro urushlar natijasida deyarli butunlay vayron bo‘lgan. 1894-yili Termiz xarobalaridan 8 kilometr narida joylashgan Pattakesar qishlog‘ida ruslar qal’a qurgan. Mahalliy aholi uni «Tuproqqo‘rg‘on» deb atagan. Hozirgi Termiz ana shu Tuproqqo‘rg‘on atrofida bunyodga kelgan.

Sho‘rolar tuzumi davrida Termiz harbiy shahar hisoblanib, kirish ham, chiqish ham maxsus ruxsat bilan bo‘lgan. Istiqloldan so‘ng shahar nihoyatda obod etilib, ko‘rkamlashib ketdi. Shaharda mamlakat ahamiyatiga molik sanoat korxonalari, Termiz davlat universiteti, turli madaniy-maorif, sog‘liqni saqlash muassasalari bor.

Termizlik hozirgi o‘quvchilar mashhur bobolari Hakim Termiziy qiyofasiga ko‘p boqishgan. Chunki bu allomaning ulkan haykali Termizning qoq markazida joylashgan o‘quvchilarning sayilgohlaridan butun bo‘y-basti bilan ko‘rinib turadi. Darvoqe, sayilgoh tutashgan maydonning nomi ushbu alloma sharafiga qo‘yilgan. Uni Hakim Termiziy maydoni deyishadi. Hakim Termiziy 859- yilda Termizda tug‘ilgan, 932-yilda shu yerda vafot etgan. Sakkiz yoshidan ilmga berilgan. U mashhur tabib bo‘lishi bilan birgalikda islom dinini o‘rganishga va o‘rgatishga ko‘p kuch bag‘ishlagan. 80 dan ziyod asar yozgani, jumladan hadis to‘plagani ma’lum. Hakim at-Termiziyning qabri Eski Termizda, hozir bu yer katta ziyoratgoh.

Ikkinchi mashhur Termiziy - Imom Termiziyni Hakim Termiziy bilan adashtirmang. Bu shaxs 824-yilda tug‘ilib, islom dini ravnaqi yo‘lida, xususan payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi va sallamning sunnatlarini musulmonlarga yetkazishda katta xizmat ko‘rsatgan, ko‘plab hadislar to‘plagan.
Uning qabri Surxondaryo viloyatining Sherobod shahridan bir oz naridagi qishloqdadir. Bu joy ham musulmonlar uchun qadim-qadimdan tabarruk ziyoratgoh hisoblangan.

Termiz yaqinida Termiziylar ziyoratgohlaridan tashqari, Sulton Saodat me’moriy majmuasi, Kokildorota xonaqosi, Qirqqiz saroyi, Jarqo‘rg‘on minorasi, Fayoztepadagi buddiylar ehromi kabi ko‘hna tarixdan bizgacha yetib kelgan juda noyob obidalar bor. Shahardagi Bobur nomidagi istirohat bog‘i, «Alpomish» bog‘i va stadioni, Termiz hayvonot bog‘i, noyob eksponatlarga boy viloyat o‘lkashunoslik muzeyi, yoshlar markazi bolalarning sevimli maskanlaridir.

1999-yil dekabr oyida UNESKO Bosh konferensiyasining Parijda o‘tgan 30-sessiyasida 2001-yilda Termiz shahrining 2500 yillik yoshini dunyo miqyosida keng nishonlash haqida qaror qabul qilindi. Bu hujjatni hech mubolag‘asiz, ko‘hna Termizning jahon madaniyatining rivojiga qo‘shgan ulkan hissasining e’tirofi, deyish mumkin.

Bo'lim: O'zbekiston tarixi | Joyladi: Mc_Hack | : Termiz
Ko'rildi: 2390 | Yuklandi: 0 | Izoh: 2 | Reyting: 0.0/0
Hamma Izohlar: 0
Ro'yhatdan O'tganlar Izoh Qoldira Oladi
[ Регистрация | Вход ]
Izlash
Mini-Chat
300
Kirish
Reklama
Ovoz Bering
Sayt Dizayni Yoqdimi
Foydali Saytlar