Bugun 10.05.2024, 07:04Salom Гость | RSS
...
Bosh Sahifa
Bo'limlar
Referatlar [8]
O'zbekiston tarixi [4]
Testlar [2]
O'quv qo'llanmalar [0]
Mashxur shaxslar [3]
BA Markazlari [1]
Dastur va O'yinlar [0]
Kitoblar [0]
Jahon mamlakatlari [4]
PC Soft [1]
Video Darslik [3]
Aloqa
Statistika
Яндекс цитирования Рейтинг@Mail.ru
Hozir Saytda: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchi: 0
Reklama

Bosh Sahifa


» » Jahon mamlakatlari

Dunyodagi eng katta sharshara va ko'llar


·
DUNYODAGI ENG KATTA SHARSHARALAR QAYSILARI?

Sharshara yuksaklikdan pastga oqib tushadigan suv oqimidir. Agar suv hajmi oz bo’lsa, sharshara «kaskad», ko’p bo’lsa, «katarakt» deb ataladi.

Ayrim sharsharalar yuz metrlab balandlikdan yaxlit va ensiz oqim bo’lib pastga tushadi. Boshqalari esa kamardan oshib o’tadigai suvning mo’lligi va enliligi bilan mashhur. Ulardan ayrimlarini ko’rib chiqaylik. Venesuelaning Gviana tog’laridagi Anxel sharsharalari dunyodagi eng katta (980 metr) va uzun uzluksiz tushum (807 metr) ga ega. Sharsharalarni 1935 yili amerikalik uchuvchi Jeyms Eynjel kashf etgan.

Osiyodagi eng katta sharshara Hindistondagi Gersoppa sharsharasidir. Bu katarakt umumiy uzunligi 252 metr bo’lgan to’rtta kamardan oqib tushadi. Suvi eng ko’p katarakt Braziliya va Paragvay chegarasidagi Guayra sharsharasidir. Undan har sekundda 13 309 kub metr suv tushadi. Guayra umumiy suv tushumining uzunligi 60 metr bo’lgan 18 ta bo’lak-bo’lak sharsharadan iborat. Dunyodagi eng baland sharsharalardan biri Kaliforniyaning Yosim Milliy bog’idagi Ribbon sharsharasidir. Bu ensiz suv oqimi Mersed daryosiga 490 metr balandlikdan tushadi.

Dunyodagi ikkinchi katta sharshara Janubiy Afrikadan topilgan. Bu Tugela sharsharasidir. U 853 metr balandlikdan besh bosqichda oqib tushadi.

Eng mashhur sharshara esa Niagara sharsharasidir. U Nyu-York shtatidagi Buffalo shahridan 25 km uzoqlikda oqib o’tadigan Niagara daryosidadir. U ikkita katarakt: Taqa (Kanada) va Amerika sharsharalaridan tashkil topgan. Amerika Qo’shma Shtatlari va Kanada o’rtasidagi chegara Taqa sharsharasining markazidan o’tadi.



NIAGARA SHARSHARASI QANDAY PAYDO BO’LGAN?

Niagara sharsharasi Nyu-York shtatidagi Buffalo shahridan 25 km uzoqlikda oqib o’tadigan Niagara daryosida joylashgan. Niagara daryosi Eri ko’liga quyiladi va to’rtta Buyuk Ko’lni Ontario ko’li bilan bog’laydi. Daryo yo’lining 58-kilometri o’rtalarida tez oqim birdan uziladi va baland qoyadan sharshara bo’lib pastga oqadi. Bu Niagara sharsharasidir. U ikkita: Kanada va Amerika sharsharalaridan tarkib topgan. Niagara daryosi suvining 94% tik Kanada sharsharasi orqali pastga oqib tushadi.

Geologlarning fikricha, Niagara sharsharasi ancha yosh. U bundan, taxminan, 10—15 ming yil ilgari paydo bo’lgan. Muz davrida hozirgi Niagara o’rnini muz qoplab olgan. Muzliklar erib, Eri ko’li hosil bo’lgan. Undan bir dare oqib chiqib, kulning suvlarini shimolga olib ketgan.

Daryo oqimi bir qoyaga yetib boradi. Kalin ohaktosh qatlami bilan qoplangan bu qoya Niagara sharsharasini hosil qiladi. Keyinchalik sharshara suvi daryo o’zanini chuqurlashtirib yuborgan. Suvning tushish balandligi o’rtacha 50 metrdir.

Niagara sharsharasi haqidagi ilk ma'lumotlar 1697 yili paydo bo’lgan. Bu haqda fransuz tadqiqotchisi va missioneri avliyo Luis Xennepen yozib qoldirgan. U ilk marta sharsharani 1678 yili Soyr de la Sall bilan Yangi Duneta safari chogida ko’rgan edi.



ESTUARIY DELTADAN NIMASI BILAN FARQ QILADI?

Daryoning ko’l yoki dengizga quyilish joyi etak deb ataladi. Keng bir shoxobchali etak esa estuariy deb ataladi. Etak turli qum va loyqa cho’kindilari bilan to’silib qoladi va daryo oqimini turli shoxobchalarga bo’lib tashlaydi. Bunday etak delta deb ataladi.

Agar daryo dengizga quyiladigan bo’lsa, uning etagi shakli dengiz suvining ko’tarilishi hamda daryo suvi oqimi sur'atiga bog’liq bo’ladi. Nilning O’rta Yer dengizidagi deltasida, qumli sayozliklarga qaramasdan, botqoqlik hosil bo’lmagan. Rona daryosi esa o’z etagiga shu qadar ko’p loyqa olib kelganki, bir zamonlar avliyo Lyudovik o’z salib yurishlarini boshlagan sobiq Eg-Mort porti — bandargohi bugungi kunda etak dengizga yo’lni yopib qo’ygan va tekislikdagi shaharga aylangan. Janubiy Amerikadagi Amazonka daryosining suvi shu qadar ko’pki, hatto uning etagidan yuz kilometrlab narida ham sho’r suvni uchratmaysiz. Xuanxe (Xitoy) daryosi oqizib keladigan loyqa esa suvni sariq rangga buyaydi. Shuning uchun ham daryo — Sariq daryo deb ataladi.



KO’LLAR QANDAY HOSIL BO’LADI?

Ko’llar dengizlardan olisda joylashgan, Yer yuzasidagi botiqliklarni to’ldirgan suv havzalaridir. Bu botiqliklar basseynlar deb ataladi.

Ko’llar suvning past joylarga oqib, to’planishi natijasida hosil bo’ladi. Ko’llar suvining asosiy qismini yomg’ir va erigan qor suvlari tashkil etadi. Suv basseynga jilg’alar, katta-kichik daryolarning quyilishi, sizib chiqadigan buloqlar va yer osti suvlaridan hosil bo’ladi.

Ko’l basseynlari bir necha usul yordamida vujudga keladi. Ayrim ko’llar Yer po’stlog’ining shikastlanishi va darz ketishi natijasidir. Shimoliy Amerikadagi Yuqori Ko’l shu tariqa paydo bo’lgan.

Ba'zan ko’llar vulqonlar yordamida vujudga keladi. Lava oqimi suvning vodiyga yo’lini to’sib qo’yishi va basseyn hosil qilishi mumkin. Ba'zida so’nib qolgan vulqon krateriga suv to’lib qoladi. Oregon shtatining janubiy qismidagi krater ko’li shunday bunyodga kelgan. Ko’pgina ko’llar muzliklar eroziyasi (erishi) tufayli hosil bo’lgan basseynlarni egallab yotibdi. Kanadadagi Yuqori ko’l va Vinnepeg ko’lidan tashqari barcha ko’llar muzliklardan hosil bo’lgan.

Sohil bo’ylarida to’lqinlar va qirg’oq bo’yi oqimlari ensiz dengiz ko’rfazlarini dengizdan to’sib qo’yadi hamda daryo etagi va ko’rfazlardan ko’l hosil qiladi. Ba'zan daryoning bosh oqimi toshqin paytida tuproq va balchiqni yig’ib, o’ziga vodiy hosil qiladi. Natijada irmoqlar vodiysi to’lishidan ko’llar paydo bo’ladi.

Tuproq ostida ohaktosh bo’lgan joylarni suv eritib, yuvib ketadi. Oqibatda ko’llar basseyni uchun katta joy ochiladi. Florida shtatida bunday ko’llar anchagina. Ko’llar sun'iy ravishda ham hosil bo’lishi mumkin. Agar daryoning yo’li damba bilan to’silsa, u suv oqimini bo’g’ib qo’yadi va ko’l hosil bo’ladi. Bunday ko’llarga O’zbekistondagi ko’plab suv omborlarini misol qilib keltirish mumkin. Mid ko’li Kolorado daryosiga Guver dambasi qurish natijasida vujudga kelgan.



BUYUK KO’LLAR QANDAY PAYDO BO’LGAN?

Beshta Buyuk ko’l birgalikda dunyodagi eng katta chuchuk suv omborini tashkil qiladi. Ulardan biri dunyodagi eng katta chuchuk suvli ko’ldir. Undan faqat sho’r suvli Kaspiy dengizi katta. Buyuk ko’llar basseyni muz davrida muzliklardan hosil bo’lgan. Muzliklar shimoldan bostirib kelgan, ularning og’irligi natijasida vodiylar kengaya va chuqurlasha borgan.

Muz erib ketgach, muzlikning chekkasi bo’lgan yerlarda qum, mayda tosh va tosh qatlami qolgan. Bu qatlam ilgari quruqlikning vodiy bo’lgan bir qismini chegaralab qo’ygan.

Muz chekingach, yer dastlab ko’lning janubi-g’arbida ko’tarila boshlagan. Bu ushbu joyda yer yuzasining qiyaligi o’zgarishiga sabab bo’lgan. Shundan so’ng suv janubi-g’arbdan Shimoli-sharqqa qarab oqadi. Muz chekingan paytga kelib, barcha ko’llar Avliyo Lavrentiy daryosi orqali Atlantika okeaniga oqib chiqib ketadi.

Nega Buyuk ko’llar yana chuchuk suv bilan to’lib qoldi? Ayrim jilg’alar ularga quyilgan bo’lsada, oqimlarning asosiy qismi ko’llarga teskari bo’lgan yo’nalishda oqa boshlagan. Buyuk ko’llar suvi yer ostidan sizib chiqadi, chunki ular ko’llar hududida yer yuzasiga juda yaqin.

Asosiy manba bo’lmish yer osti suvlari ko’llar sathi tushib ketmasligida muhim ahamiyatga ega. Buyuk ko’llar va kanallarning umumiy maydoni — 246 ming kv.km.



BAYKAL KO’LI NIMASI BILAN MASHHUR?



Baykal deyarli Osiyoning markazida, Moskva va Voronej, London va Edinburg kengliklari o’rtaligida joylashgan. Agar Yer yuzida ilk yaratilgan kuyi saqlanib qolgan joylar bo’lsa, bu, avvalo, Baykal ko’lidir.

Baykal Yer sharidagi ko’llar ichida marvarid donasiday ajralib turadi. U geologik jihatdan ko’hnaligi, ajoyib hayvonot va o’simliklar dunyosi, ulkan o’lchamlari, o’ta tiniq suvi va go’zal iqlimi bilan mashhurdir. Dunyodagi uch milliondan oshiq ko’llar ichida eng kattalaridan biri Baykaldir. Uning uzunligi 636 km.

Uning hududida Gollandiya, Belgiya yoki Shveysariya bemalol joylashishi mumkin. Baykal — dunyodagi eng chuqur ko’l. Uning eng teran joyi 1 637 metrdir. Baykal havzasida Yer sharidagi jami chuchuk suvlarning beshdan bir qismi joylashan. Baykalga Baltika dengizining suvi va Azov dengizidan yuztasi sig’adi.

Baykal — dunyodagi eng ko’hna ko’llardan biri. Uning havzasi shakllanishi 30 mln yildan beri davom etmoqda. Nega davom etmoqda? Chunki ko’l mintaqasida joylashgan seysmik stansiyalar har yili ikki mingga yaqin zilzilani qayd etishadi. Ulardan ayrimlari o’ta kuchli bo’ladi. Masalan, 1959 yili yer qimirlashi natijasida Baykalning tubi 15 metr pasaydi. 1862 yili Selenga daryosi deltasidagi 200 kv.km. sohil bo’yi yerlari suv ostiga cho’kib ketdi.

Ko’lda o’simliklarning 850, hayvonlarning esa 1400 turi mavjud. U yerdagi o’simliklarning 133, hayvonlarning esa 848 turi dunyoning boshqa joylarida uchramaydi. Ba'zi tirik organizmlar dunyoning boshqa hech bir ko’lida yo’q. Baykal ko’hna mavjudotlarning tabiat muzeyi deb atalishi ham bejiz emas. Bu yerga tub hayvonlar — endemikalar kelganiga besh million yildan oshgan. U yerdagi omul va nerpani hamma eshitgan bo’lsa kerak, ammo tirik tug’ladigan golomyanka balig’ini hamma ham bilavermaydi. Uning yog’i tarkibida foydali darmondorilar bor va bu darmondorilar azaldan tibbiyotda ishlatilib keladi. Ko’lda yashovchi jonivorlardan biri epishura qisqichbaqasidir. Har bir kvadrat metr suv ostida, taxminan, 30 milliondan oshiq bunday qisqichbaqa bor. Epishuralar Baykal suvining tozaligi uchun «mas'ul»dir. Suvning shaffofligi 40 metrni tashkil etishi ham uning «mehnatlari» samarasidir. Masalan, suvning shaffofligini o’lchaydigan Sekki gardishi Kaspiy dengizida 25 metr, Sevan ko’lida esa 20 metr chuqurlikda ko’rinadi. Shaffoflikda Baykalga mashhur Alp ko’llari ham teng kela olmaydi.

Baykal ustida ko’pincha havo ochiq bo’ladi. Uning ustidagi quyoshli kunlar Qora dengiz kurortlaridagiga, hatto Nitssadagiga nisbatan ham ko’proqdir. Baykaldagi ochiq kunlar 2 583 soatga yetadi. Endi ko’l ustidagi musaffo osmonni bir tasavvur qilib ko’ring. Baykal o’z sohillaridagi iqlimni yumshatadi. Nisbatan uzoqroq mintaqalardagiga qaraganda, qishda bu yerning ob-havosi 5—7 daraja iliq, yozda esa salqin bo’ladi.

Baykal suvining ta'mi juda mazali. Buning sababi suv tozaligi bilan bir qatorda tarkibida minerallar ham kam. Ko’lning toza va chuchuk suvi haqiqiy tabiat xazinasidir. Ammo xazinalar tadqiqotchilar bilan bir qatorda har xil avantyurist va yengil boylik orttirish ishtiyoqmandlarini ham o’ziga jalb etadi. 60—70-yillarda Baykal omul (lososlar turkumiga mansub baliq) tutuvchi brakonyerlar — o’g’rincha ovchilarning makoniga aylanib qoldi. Asrning boshlarida esa mashhur Baykal suvsari qirilib ketayozgan edi. Uning sohiliga sellyuloza kombinati qurilganini vahshiylikdan boshqa narsa deb bo’lmaydi. Albatta, Baykal kuchli va qudratli ko’l, ammo shu bilan birgalikda himoyasiz hamdir.

Inson Baykal boyliklarini endigina o’rgana va o’zlashtira boshlagan kezlar uning suvini bulg’ash qat'iy taqiqlangan edi. Atrofdagi o’simliklarni payhon qilmaslik uchun faqat so’qmoqlardan yurishga ruxsat etilar edi. Balki ushbu tartiblarni qaytadan joriy etish kerakdir?

Baykal o’z bag’riga Rossiyadagi chuchuk suvlarning 80% ini, sayyoradagi chuchuk suvlarning esa beshdan bir qismini sig’diradi

Bo'lim: Jahon mamlakatlari | Joyladi: Mc_Hack | : Sharshara
Ko'rildi: 2006 | Yuklandi: 0 | Reyting: 0.0/0
Hamma Izohlar: 0
Ro'yhatdan O'tganlar Izoh Qoldira Oladi
[ Регистрация | Вход ]
Izlash
Mini-Chat
300
Kirish
Reklama
Ovoz Bering
Qaysi Tilga Qizaqasiz
Foydali Saytlar